Asosiy kontentga o'tish
mradkhh
Orqaga

Lug'atAgentlar

Agent

Inglizcha: AI agent

Maqsadga erishish uchun o'zi rejalashtiradigan, toollarni chaqiradigan va natijani tekshirib takrorlaydigan LLM tizimi.

Oddiy chat bitta savolga bitta javob beradi. Agent esa siklda ishlaydi: vaziyatni o’qiydi → keyingi qadamni tanlaydi → tool chaqiradi (fayl o’qish, buyruq ishga tushirish, qidirish) → natijani ko’radi → kerak bo’lsa yana takrorlaydi.

Coding agentlar

Claude Code, Codex CLI, Gemini CLI — bular kod bazasida ishlaydigan agentlar. Ular fayllarni o’qiydi va tahrirlaydi, testlarni ishga tushiradi, git bilan ishlaydi.

Agentdan yaxshi natija olish uchun unga jarayon kerak: qachon reja tuzish, qanday tekshirish, qayerga hujjat yozish. Bu jarayonni skilllar orqali o’rgatish mumkin.


Bog'liq atamalar

← Barcha atamalar