MCP (Model Context Protocol) — agentni tashqi tizimlarga ulashning umumiy “rozetkasi”. Bir marta MCP server yozasiz (masalan, ma’lumotlar bazasi, Jira yoki brauzer uchun), va u MCP’ni qo’llab-quvvatlaydigan har qanday agentda ishlaydi.
MCP va skill farqi
| MCP | Skill | |
|---|---|---|
| Nima beradi | Yangi imkoniyat (tool, ma’lumot) | Yangi bilim va jarayon |
| Qanday | Server, protokol orqali | Papka, Markdown orqali |
| Misol | ”Jira’dan tiket o’qish" | "Tiketni qanday yaxshi yozish” |
Ko’pincha ular birga ishlatiladi: MCP tool beradi, skill esa uni qachon va qanday ishlatishni o’rgatadi.