Asosiy kontentga o'tish
mradkhh
Orqaga

Lug'atAgentlar

Skill

Inglizcha: Agent skill

Agentga ma'lum bir ishni qanday bajarishni o'rgatadigan papka — SKILL.md yo'riqnomasi va yordamchi fayllar.

Skill — bu oddiy papka. Uning markazida SKILL.md fayli turadi: tepada YAML frontmatter (name, description), pastda esa agent uchun yo’riqnoma. Yonida shablonlar, skriptlar yoki ma’lumotnoma fayllari bo’lishi mumkin.

skills/mradkhh-explain/
├── SKILL.md        # asosiy yo'riqnoma
├── STE.md          # qo'shimcha ma'lumotnoma
└── agents/openai.yaml

Qanday ishlaydi?

  1. Agent ishga tushganda faqat skill’larning nomi va tavsifini ko’radi — bu juda kam token.
  2. Vazifa tavsifga mos kelsa, agent SKILL.md ni to’liq yuklaydi (avtomatik chaqiruv).
  3. Yoki siz uni o’zingiz chaqirasiz: /skill-nomi argumentlar.

Skill’lar Agent Skills spetsifikatsiyasiga amal qiladi, shuning uchun bitta skill Claude Code, Codex, Gemini CLI va boshqa agentlarda ishlaydi. O’rnatish odatda bitta buyruq: npx skills add <repo> --skill <nomi>.


Bog'liq atamalar

← Barcha atamalar