Haqida
Salom! Men Adhambek, dasturchiman. Internetda mradkhh nikneymi bilan tanilganman. Kundalik ishimda Claude Code va Codex kabi coding agentlardan foydalanaman va ular uchun skilllar yozaman.
Bu sayt nima haqida?
AI kod yozishni tezlashtirdi. Lekin yomon kod ham ilgarigidan tezroq paydo bo’lmoqda. Shuning uchun muhandislik asoslari — aniq talablar, tushunarli arxitektura, testlar va hujjatlar — avvalgidan ham muhimroq bo’lib qoldi. Bu saytda shu g’oya atrofida o’zbek tilida yozaman:
- Skill’lar — o’zim yozgan, bitta buyruq bilan o’rnatiladigan agent skill’lar va ularning batafsil tushuntirishi.
- Toollar — coding agentlar, CLI’lar va servislar haqida qisqa sharhlar.
- Lug’at — AI Engineering atamalarining sodda o’zbekcha izohlari.
- Maqolalar — amaliy qo’llanmalar va tajriba.
Manba kodi
- Skill’lar: github.com/mradkhh/skills
- Sayt AstroPaper temasi asosida qurilgan.
Savol yoki taklif bo’lsa, GitHub orqali yozing.