ASD-STE100 dastlab samolyot texnik xizmat ko’rsatish qo’llanmalari uchun yaratilgan. Uning qoidalari oddiy, lekin ta’siri kuchli:
- Bitta so’z — bitta ma’no.
- Qisqa gaplar: ko’rsatmada 20, tavsifda 25 so’zdan oshmasin.
- Har bir gapda bitta g’oya yoki bitta ko’rsatma.
- Aniq harakatchi: “Servis qatorni yozadi”, “qator yoziladi” emas.
- Qadamlar raqamlangan ro’yxatda, shart birinchi keladi.
Bu qoidalar texnik tushuntirishni ham, agentga yoziladigan promptni ham ancha aniqroq qiladi. /mradkhh-explain skill’i barcha tushuntirishlarida STE’ning 80% qat’iy versiyasidan foydalanadi.