LLM (katta til modeli) — Claude, GPT, Gemini kabi modellarning umumiy nomi. Model matnni tokenlarga bo’ladi va har qadamda “keyingi eng ehtimolli token qaysi?” degan savolga javob beradi. Javob, kod yoki reja — hammasi shu oddiy mexanizmning natijasi.
Nega bu muhim?
- Model xotiraga ega emas: u faqat kontekst oynasiga berilgan matnni ko’radi.
- Model ishonchli ohangda xato qilishi mumkin — bunga gallyutsinatsiya deyiladi.
- Natija sifati ko’p jihatdan siz bergan kontekst va ko’rsatmalarga bog’liq.
AI Engineering — bu LLM’ni tushunib, uning kuchli tomonlaridan foydalanadigan va zaif tomonlarini jarayon bilan yopadigan muhandislik.